Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 116)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 116

إِنَّ اللَّهَ لَا يَغْفِرُ أَنْ يُشْرَكَ بِهِ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَٰلِكَ لِمَنْ يَشَاءُ ۚ وَمَنْ يُشْرِكْ بِاللَّهِ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَالًا بَعِيدًا 116 ١١٦

Albatta, Alloh O`ziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqani, kimni xohlasa, kechirur. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, qattiq adashgan bo`lur. (116)

Tafsir
Alloh Oʻziga shirk keltirilishini kechirmaydi. Mushrik doʻzaxda abadiy qoladi. Shirkdan boshqa gunohlarni Oʻzi istagan bandasi uchun Oʻz fazlu marhamati ila kechiradi. Kim Allohga shirk keltirgan boʻlsa, demak, u haqiqatdan uzoq-uzoqlarga uloqib ketibdi. Chunki u yaratuvchi bilan yaralmishni tenglashtirib qoʻydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin