Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 117)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 117

إِنْ يَدْعُونَ مِنْ دُونِهِ إِلَّا إِنَاثًا وَإِنْ يَدْعُونَ إِلَّا شَيْطَانًا مَرِيدًا 117 ١١٧

Ular Undan boshqa faqat ayol sanamlarga ibodat qilurlar va faqat bebosh shaytonga ibodat qilurlar. (117)

Tafsir
Oʻsha mushriklar Allohni qoʻyib, Lot, Uzzo kabi foyda ham, zarar ham keltira olmaydigan sanamlarga ibodat qiladilar. Aslini olganda ular Allohga itoat qilishdan bosh tortgan, hech qanday yaxshiligi boʻlmagan shaytonga sigʻinadilar. Chunki sanamlarga ibodat qilishni ularga aynan shu shayton buyurgan.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin