Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Yaxshilik qiluvchi bo`lgan holida yuzini Allohga taslim qilgan va Ibrohimning to`g`ri diniga ergashgan kimsaning dinidan ham yaxshiroq din bormi? Va Alloh Ibrohimni do`st tutgan edi. (125)
Tafsir
Zohirda ham, botinda ham Allohga toʻla taslim boʻlib, niyatini xolis qilgan, shariatga ergashishni qiyomiga yetkazib bajargan, Muhammad alayhissalom olib kelgan dinning asli boʻlmish Ibrohim diniga ergashib, shirku kufrdan tavhidu iymonga oʻtgan kimsaning dinidan ham goʻzalroq din yoʻqdir. Alloh taolo paygʻambari Ibrohim alayhissalomni boshqa bandalari orasidan tanlab olib, u kishiga alohida mehr-muhabbat koʻrsatib, Oʻziga doʻst tutgan.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: