Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 128)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 128

وَإِنِ امْرَأَةٌ خَافَتْ مِنْ بَعْلِهَا نُشُوزًا أَوْ إِعْرَاضًا فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَا أَنْ يُصْلِحَا بَيْنَهُمَا صُلْحًا ۚ وَالصُّلْحُ خَيْرٌ ۗ وَأُحْضِرَتِ الْأَنْفُسُ الشُّحَّ ۚ وَإِنْ تُحْسِنُوا وَتَتَّقُوا فَإِنَّ اللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا 128 ١٢٨

Agar ayol kishi o`z eridan nafrat va yuz o`girish sodir bo`lishidan qo`rqsa, ikkovlari o`zaro sulhga kelishishlarida gunoh yo`q. Sulh yaxshidir. Nafslar qizg`anishga hozirdir. Agar yaxshilik va taqvo qilsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardor Zotdir. (128)

Tafsir
Agar bir ayol eri koʻngilsiz boʻlib, uni yomon koʻrib qolishidan qoʻrqsa, har ikkisi oʻzaro sarf-xarajat va birga tunash kabi ayrim huquqlaridan voz kechish orqali biron sulhga kelishlarida gunoh yoʻq. Taloqdan koʻra sulh yaxshiroqdir. Nafs xudbinlikka, baxillikka moyil boʻlib, oʻz haqqidan kechishga hech rozi boʻlmaydi. Shuning uchun er-xotin uni tarbiyalab-davolab, bagʻrikenglik va oliyjanoblikka oʻrgatishlari lozim. Agar hamma ishlaringizni shariat asosida puxta bajarsangiz hamda Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qilsangiz, Alloh qilayotgan hamma ishlaringizdan xabardor boʻlib turibdi. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmaydi va yaqinda sizlarni qilgan amallaringizga yarasha mukofotlaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin