Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Batahqiq, sizlarga kitobda: «Allohning oyatlariga kufr keltirilgan va ularni istehzo qilingan chog`da, boshqa gapga o`tmagunlaricha, ular bilan o`tirmanglar», deb tushirdi. Agar o`tirsangiz, siz ham ularga o`xshashsiz. Albatta, Alloh munofiq va kofirlarning hammasini jahannamda jamlovchidir. (140)
Tafsir
Ey moʻminlar, Alloh sizlarga Quroni karimda: "Biron majlisda kimdir Allohning oyatlarini inkor va masxara qilayotganini eshitsangizlar, to gap boshqa sohaga oʻtguniga qadar u joyni tark qilishingiz vojibdir", degan soʻzlarni nozil qildi. Allohning oyatlari inkor va masxara qilinayotganini eshitib turib ham joyingizdan jilmasangiz, Allohning buyrugʻiga itoat qilmaslikda ular bilan bir xil boʻlib qolasizlar. Ular inkoriyu masxarasi bilan itoatsizlik qilgan boʻlsa, sizlar uni bemalol eshitib oʻtiraverish bilan itoatsizlik qilgan boʻlasizlar. Alloh kufrini yashirib, oʻzini musulmon qilib koʻrsatgan munofiqlar bilan kofirlarni qiyomat kunida jahannam oʻtida bir joyga toʻplaydi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: