Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 142)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 142

إِنَّ الْمُنَافِقِينَ يُخَادِعُونَ اللَّهَ وَهُوَ خَادِعُهُمْ وَإِذَا قَامُوا إِلَى الصَّلَاةِ قَامُوا كُسَالَىٰ يُرَاءُونَ النَّاسَ وَلَا يَذْكُرُونَ اللَّهَ إِلَّا قَلِيلًا 142 ١٤٢

Albatta, munofiqlar Allohni aldamoqchi bo`lurlar. Holbuki, Alloh ularni «aldovchi»dir. Agar namozga tursalar, dangasalik bilan, xo`jako`rsinga tururlar va Allohni kamdan-kam zikr qilurlar. (142)

Tafsir
Munofiqlar oʻzlarini musulmon qilib koʻrsatib, kufrini yashirib, Allohni aldamoqchi boʻladilar. Allohning Oʻzi ularni aldab qoʻyibdi. Chunki U Zot ularning kofirligini bilib turib ham jonlarini asrab turibdi. Oxiratda esa ularga eng ogʻir azobni tayyorlab qoʻygan. Ular namozga tursalar, erinib, yoqtirmasdan, ixlossiz, xoʻjakoʻrsinga turadilar. Allohni kamdan-kam, moʻminlarga yoʻliqqan paytlaridagina yodga oladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin