Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 146)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 146

إِلَّا الَّذِينَ تَابُوا وَأَصْلَحُوا وَاعْتَصَمُوا بِاللَّهِ وَأَخْلَصُوا دِينَهُمْ لِلَّهِ فَأُولَٰئِكَ مَعَ الْمُؤْمِنِينَ ۖ وَسَوْفَ يُؤْتِ اللَّهُ الْمُؤْمِنِينَ أَجْرًا عَظِيمًا 146 ١٤٦

Magar tavba qilib, solih amallar qilgan, Allohni mahkam ushlagan va Alloh uchun dinga ixlos qo`yganlar — ana o`shalar mo`minlar ila birgadirlar. Alloh, albatta, mo`minlarga ulug` ajr berur. (146)

Tafsir
Munofiqligidan tavba qilib, Allohga qaytgan, botinini oʻnglab, Allohga bergan ahdini mahkam tutgan, amalini hech bir riyo aralashtirmasdan xolis Alloh uchun qilgan kishilar bundan mustasno. Ular bu dunyoda ham, oxiratda ham moʻminlar bilan bir safdadirlar. Yaqinda Alloh moʻminlarga koʻp-koʻp savoblar berur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin