Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 147)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 147

مَا يَفْعَلُ اللَّهُ بِعَذَابِكُمْ إِنْ شَكَرْتُمْ وَآمَنْتُمْ ۚ وَكَانَ اللَّهُ شَاكِرًا عَلِيمًا 147 ١٤٧

Agar shukr qilsangiz va iymon keltirsangiz, Alloh sizni azoblab nima qiladir?! Alloh Shakur(oz amal uchun ko`p savob beruvchi) va biluvchi Zotdir. (147)

Tafsir
Agar shukr qilsangizlar va iymon keltirsangizlar, Allohning sizlarni azoblashiga hojat qolmaydi. Zero, U faqat va faqat yaxshilik qilguvchi va rahmli Zotdirki, gunohlaringiz tufayligina sizlarni azoblaydi. Agar amallaringizni oʻnglab, bergan nematlariga shukr qilsangizlar va zohiru botinda U Zotga iymon keltirsangizlar, sizlarni hech qachon azoblamaydi. Alloh nematlarini etirof etadigan bandasiga ajru savoblarini koʻp-koʻp qilib beradigan Shokir hamda bandalarining iymonlarini bilib turadigan Alim Zotdirki, yaqinda hammaga amaliga yarasha jazo yoki mukofotini berur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin