Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Alloh yomon gapni oshkor qilishni xush ko`rmas. Magar mazlumdan bo`lsa, mayli. Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir. (148)
Tafsir
Alloh yomon gapning oshkora aytilishini xush koʻrmaydi. Aksincha, undan gʻazablanadi va uning oqibati yomon boʻlishidan ogohlantiradi. Lekin bu ishning mazlum tarafidan boʻlishi joiz. Yani, mazlum zolim ustidan shikoyat qilib, uni duoyibad qilishi mumkin. Shunda ham sabr qilishi va oshokora qilmasligi afzalroq. Alloh gap-soʻzlaringizni eshitib turuvchi va niyatlaringizdan xabardor boʻlgan Zotdir. Shunday ekan, yomon gap aytishdan yoki uni qasd qilishdan ehtiyot boʻlinglar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: