Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 14)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 14

وَمَنْ يَعْصِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَيَتَعَدَّ حُدُودَهُ يُدْخِلْهُ نَارًا خَالِدًا فِيهَا وَلَهُ عَذَابٌ مُهِينٌ 14 ١٤

Kim Allohga va Uning Rasuliga isyon qilsa va Uning chegarasidan tajovuz qilsa, U Zot uni abadiy qolish uchun do`zaxga kiritadir. Va unga xorlovchi azob bordir. (14)

Tafsir
Kim Allohga va Rasuliga osiylik qilib, hukmlariga beparvolik bilan amal qilmasa yoki ular haqida shak-shubhaga borsa, shariat belgilab qoʻygan hadlardan tajovuz qilsa, Alloh uni doʻzaxga kiritadi va u oʻsha joyda abadiy qoladi. Doʻzaxda unga xor qilguvchi azob bordir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin