Kim Allohga va Uning Rasuliga isyon qilsa va Uning chegarasidan tajovuz qilsa, U Zot uni abadiy qolish uchun do`zaxga kiritadir. Va unga xorlovchi azob bordir. An-Nisa 4:14 ⧉
Tafsir:
Kim Allohga va Rasuliga osiylik qilib, hukmlariga beparvolik bilan amal qilmasa yoki ular haqida shak-shubhaga borsa, shariat belgilab qoʻygan hadlardan tajovuz qilsa, Alloh uni doʻzaxga kiritadi va u oʻsha joyda abadiy qoladi. Doʻzaxda unga xor qilguvchi azob bordir.