Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 152)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 152

وَالَّذِينَ آمَنُوا بِاللَّهِ وَرُسُلِهِ وَلَمْ يُفَرِّقُوا بَيْنَ أَحَدٍ مِنْهُمْ أُولَٰئِكَ سَوْفَ يُؤْتِيهِمْ أُجُورَهُمْ ۗ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَحِيمًا 152 ١٥٢

Allohga va Uning Payg`ambarlariga iymon keltirganlarga va ularning birortasini ham ayirmaganlarga — ana o`shalarga ajrlarini albatta berurmiz. Va Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir. (152)

Tafsir
Allohga iymon keltirib, Unga tavhid uzra ibodat qilgan, U Zotga hech narsani shirk keltirmagan, paygʻambarlarning hammasini tasdiqlagan, hammasiga iymon keltirgan, ulardan birontasini ajratib qoʻymagan moʻminlarga shu iymonlari va solih amallari uchun yaqinda Alloh ulugʻ ajru savoblar ato etur. Alloh tavba qilgan bandasini kechiradigan, Rahmli Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin