Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 154)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 154

وَرَفَعْنَا فَوْقَهُمُ الطُّورَ بِمِيثَاقِهِمْ وَقُلْنَا لَهُمُ ادْخُلُوا الْبَابَ سُجَّدًا وَقُلْنَا لَهُمْ لَا تَعْدُوا فِي السَّبْتِ وَأَخَذْنَا مِنْهُمْ مِيثَاقًا غَلِيظًا 154 ١٥٤

Va ahdnomalariga muvofiq, ustilariga Turni ko`tardik va ularga: «Eshikdan egilib kiringlar» hamda «Shanba kuni haddingizdan oshmang», dedik. Va ulardan mustahkam ahdnoma oldik. (154)

Tafsir
Ulardan qattiq ahd olganimiz sababli ustlariga togʻni koʻtarib qoʻydik. Toki, undan qoʻrqib, ahdlariga vafo qilsinlar. Shundan keyin ularga: "Baytul-maqdis eshigidan sajda qilib, boshingizni egib kiringiz", dedik. Ular esa orqalari bilan kirdilar. Ularga: "Shanba kuni ov qila koʻrmanglar", dedik. Ular esa ov qilaverdilar. Ulardan qattiq ahd olgandik. Ular esa ahdlarini buzdilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin