Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 160)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 160

فَبِظُلْمٍ مِنَ الَّذِينَ هَادُوا حَرَّمْنَا عَلَيْهِمْ طَيِّبَاتٍ أُحِلَّتْ لَهُمْ وَبِصَدِّهِمْ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ كَثِيرًا 160 ١٦٠

Yahudiy bo`lganlarga, ularning zulmi, Allohning yo`lidan ko`p to`sganlari uchun, o`zlariga halol qilingan narsani harom qildik. (160)

Tafsir
Yahudiylarning zulmi tufayli ularga oldin halol boʻlgan ayrim mazali ozuqalarni harom qilib qoʻydik. Ularga har bir tirnoqli hayvonni hamda sigir va qoʻylarning yogʻlarini harom qildik. Oʻzlarini ham, boshqalarni ham Allohning yoʻlidan toʻsaverganlari tufayli shunday qildik. Toʻsaverib-toʻsaverib yaxshilikdan toʻsish ularning bir xulqiga aylanib ketgandi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin