Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Biz senga xuddi Nuh va undan keyingi Payg`ambarlarga vahiy yuborganimizdek vahiy yubordik. Biz Ibrohim, Ismoil, Is'hoq, Ya'qub, asbot, Iyso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymonga vahiy yubordik. Dovudga esa Zaburni berdik. (163)
Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissolatu vassalom, Biz sizdan oldingi paygʻambarlarga vahiy yuborganimizdek sizga ham vahiy yubordik. Bu ish yangilik emas. Siz dastlabki paygʻambar emassiz. Biz Nuh alayhissalomga ham, u kishidan keyin kelgan paygʻambarlarga ham, Ibrohim alayhissalomga ham, u kishining ikki oʻgʻli Ismoil va Ishoq alayhimassalomga ham, Ishoqning oʻgʻli Yaqub alayhissalomga ham va u kishining avlodiga ham vahiy yuborganmiz. (Ular Yaqub alayhissalomning oʻgʻillaridan tarqagan Bani Isroilning oʻn ikki qabilasidagi paygʻambarlardir). Iyso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymon alayhissalomlarga ham vahiy yuborganmiz. Dovudga esa kitobni - Zaburni ato etdik.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: