Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 164)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 164

وَرُسُلًا قَدْ قَصَصْنَاهُمْ عَلَيْكَ مِنْ قَبْلُ وَرُسُلًا لَمْ نَقْصُصْهُمْ عَلَيْكَ ۚ وَكَلَّمَ اللَّهُ مُوسَىٰ تَكْلِيمًا 164 ١٦٤

Va Biz senga bundan oldin qissalarini aytib bergan va qissalarini aytib bermagan Payg`ambarlarni yubordik. Va Alloh Muso ila o`ziga xos gaplashdi. (164)

Tafsir
Biz sizga shunday paygʻambarlarni yubordikki, ular haqida sizga Quronda gapirib berdik. Yana shunday paygʻambarlarni ham yubordikki, ular haqida sizga (Quronda) qissa qilib bermadik. Qissa qilib bermaganimizda ham bir hikmat bor. Alloh Muso alayhissalom bilan bevosita gaplashdi. Bu suhbat har qanday nuqsondan pok Allohning buyukligiga yarashadigan haqiqiy gaplashish boʻlib, Muso alayhissalomning hurmati uchun boʻlgandi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin