Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 16)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 16

وَاللَّذَانِ يَأْتِيَانِهَا مِنْكُمْ فَآذُوهُمَا ۖ فَإِنْ تَابَا وَأَصْلَحَا فَأَعْرِضُوا عَنْهُمَا ۗ إِنَّ اللَّهَ كَانَ تَوَّابًا رَحِيمًا 16 ١٦

Sizlardan o`sha(fohisha) ishni qilgan ikki erkakka ozor beringlar. Agar ikkovlari tavba qilsalar va tuzalsalar, ularni tek qo`ying. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahimli Zotdir. (16)

Tafsir
Endi shu ishni - zinoni ikki erkak qilsa, turmush qurgan yo qurmagan boʻlishlaridan qati nazar, ularga til bilan ozor, qoʻl bilan tazir beringlar. Ularni yerga uradigan soʻzlar aytib, zajr qilib, tazirini beringlar. Agar tavba qilib, oʻzlarini oʻnglasalar, ularni tek qoʻyinglar. Chunki gunohdan tavba qilgan odam gunoh qilmagan odam kabidir. Alloh tavba qilgan bandasining tavbasini qabul qiladigan, Mehribon Zotdir. Dastlab ularning jazosi mana shunday boʻlgan. Keyin bu hukm bekor qilinib, oʻrniga turmush qurmagan bachavozga darra urish va bir yil surgun qilish, turmush qurganini esa toshboʻron qilish hukmi joriy qilingan.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin