Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 16 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 16 • Oʻzbekcha


وَاللَّذَانِ يَأْتِيَانِهَا مِنْكُمْ فَآذُوهُمَا ۖ فَإِنْ تَابَا وَأَصْلَحَا فَأَعْرِضُوا عَنْهُمَا ۗ إِنَّ اللَّهَ كَانَ تَوَّابًا رَحِيمًا 16
Tarjima:
Sizlardan o`sha(fohisha) ishni qilgan ikki erkakka ozor beringlar. Agar ikkovlari tavba qilsalar va tuzalsalar, ularni tek qo`ying. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahimli Zotdir. An-Nisa 4:16
Tafsir:
Endi shu ishni - zinoni ikki erkak qilsa, turmush qurgan yo qurmagan boʻlishlaridan qati nazar, ularga til bilan ozor, qoʻl bilan tazir beringlar. Ularni yerga uradigan soʻzlar aytib, zajr qilib, tazirini beringlar. Agar tavba qilib, oʻzlarini oʻnglasalar, ularni tek qoʻyinglar. Chunki gunohdan tavba qilgan odam gunoh qilmagan odam kabidir. Alloh tavba qilgan bandasining tavbasini qabul qiladigan, Mehribon Zotdir. Dastlab ularning jazosi mana shunday boʻlgan. Keyin bu hukm bekor qilinib, oʻrniga turmush qurmagan bachavozga darra urish va bir yil surgun qilish, turmush qurganini esa toshboʻron qilish hukmi joriy qilingan.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 15 Keyingi An-Nisa • Oyat 17