Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ey odamlar! Batahqiq, sizlarga Robbingizdan haq ila Payg`ambar keldi. Bas, iymon keltiring, o`zingizga yaxshi bo`ladir. Agar kufr keltirsangiz, albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir. (170)
Tafsir
Ey odamlar, Muhammad alayhissalom sizlarga Alloh taolo tarafidan hidoyat va haq dinni olib keldi. Bas, u kishi olib kelgan dinga iymon keltiringlar. Shunda sizlarga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshi boʻladi. Kufr keltirish bilan Allohga hech qanday zarar keltira olmaysizlar. U Zot sizning iymoningizga muhtoj emas. Zero, osmonlaru yerdagi va ular orasidagi hamma-hamma narsa U Zotning mulkidir. Alloh hidoyatga kim haqli ekanini yaxshi biladi va uning yoʻlini qulay qilib qoʻyadi. Kim haqli emasligini ham yaxshi biladi va uning yoʻlini toʻsib, parda tortib qoʻyadi. U aytadigan gapiyu qiladigan ishini, shariatiyu qadarini hikmat bilan qiladigan Zotdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: