Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Masiyh ham, muqarrab farishtalar ham Allohga banda bo`lishdan zinhor bosh tortmaslar. Kim Uning ibodatidan bosh tortsa va mutakabbirlik qilsa, ularning hammasini O`ziga to`plar. (172)
Tafsir
Iyso ibn Maryam ham, yuqori martabali muqarrab* farishtalar ham Allohga banda boʻlishdan or qilmaydilar-ku! Qanday qilib sizlar Iysoni oʻzingizga xudo qilib olasiz? Qanday qilib mushriklar farishtalarni oʻzlariga xudo qilib oladilar? Kim Allohga bandalik qilishdan or qilib, oʻzini katta olsa, bilib qoʻysinki, yaqinda qiyomat kuni Alloh hammani mahshargohga toʻplaydi va hammaga amaliga yarasha jazo yo mukofotini beradi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: