Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ey, iymon keltirganlar! Sizlarga ayollarni zulm-la merosga olish halol emas. Ochiq fohisha ish qilmasalar, bergan narsalaringizning ba'zisini olish uchun ularni zo`rlik-la ushlab turmang va ular ila yaxshilikda yashang. Agar ularni yoqtirmasangiz, shoyadki, Alloh siz yoqtirmagan narsada ko`pgina yaxshiliklarni qilsa. (19)
Tafsir
Ey Allohga iymon keltirgan va paygʻambariga ergashgan moʻminlar, otalaringizning ayollarini xuddi mol-davlatdek meros qilib olib, ularga uylanish yoki oʻzingiz istagan boshqa birovga uzatish yo turmushga chiqishiga qarshilik qilish kabi ishlarni qilishingiz joiz emas. Oʻzlaringiz yoqtirmagan ayollaringizga mahrining bir qismidan kechishigacha olib borish uchun atayin tazyiq oʻtkazishingiz, zarar yetkazishingiz mumkin emas. Lekin agar ochiq buzuqlik qilsalar, zino qilsalar, bergan mahrlaringizni qaytarib olish uchun yoʻllarini toʻsishingiz ham, ularga tazyiq oʻtkazishingiz ham mumkin boʻladi. Ayollaringiz bilan tinch-totuv yashanglar, ularga ozor bermanglar, yaxshilik qilinglar. Ularni biron dunyoviy ishi uchun yomon koʻrsangizlar, sabr qilinglar. Ehtimol, yomon koʻrgan narsangizga Alloh sizlar uchun dunyoyu oxiratda boʻladigan koʻp yaxshiliklarni joylab qoʻygandir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: