Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 1)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 1

يَا أَيُّهَا النَّاسُ اتَّقُوا رَبَّكُمُ الَّذِي خَلَقَكُمْ مِنْ نَفْسٍ وَاحِدَةٍ وَخَلَقَ مِنْهَا زَوْجَهَا وَبَثَّ مِنْهُمَا رِجَالًا كَثِيرًا وَنِسَاءً ۚ وَاتَّقُوا اللَّهَ الَّذِي تَسَاءَلُونَ بِهِ وَالْأَرْحَامَ ۚ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلَيْكُمْ رَقِيبًا 1 ١

Ey odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan ko`plab erkagu ayollar taratgan Robbingizdan qo`rqinglar! Nomini ishlatib bir-biringizdan so`rovda bo`ladiganingiz Allohdan va qarindoshlik (aloqalarini uzish)dan qo`rqing. Albatta, Alloh ustingizda kuzatib turuvchi Zotdir. (1)

Tafsir
Ey odamlar, sizlarni bir jon - otangiz Odamdan yaratgan, Odamdan esa jufti - onangiz Havvoni yaratgan va ulardan yer yuziga turli xil erkagu ayollarni taratgan Parvardigoringizdan qoʻrqingiz. Bir-biringizdan biron narsani soʻraganingizda: "Alloh haqi falon ishni bajarib ber", deb nomini oʻrta soladiganingiz Allohdan qoʻrqingiz. Qarindoshlik rishtalarini uzishdan qoʻrqingiz. Alloh sizlarni ustingizdan kuzatib turadi. Biron ishingiz uning nazaridan chetda qolmaydi. Hammasini hisoblab, jazo yoki mukofotingizni beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin