Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 1 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 1 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا النَّاسُ اتَّقُوا رَبَّكُمُ الَّذِي خَلَقَكُمْ مِنْ نَفْسٍ وَاحِدَةٍ وَخَلَقَ مِنْهَا زَوْجَهَا وَبَثَّ مِنْهُمَا رِجَالًا كَثِيرًا وَنِسَاءً ۚ وَاتَّقُوا اللَّهَ الَّذِي تَسَاءَلُونَ بِهِ وَالْأَرْحَامَ ۚ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلَيْكُمْ رَقِيبًا 1
Tarjima:
Ey odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan ko`plab erkagu ayollar taratgan Robbingizdan qo`rqinglar! Nomini ishlatib bir-biringizdan so`rovda bo`ladiganingiz Allohdan va qarindoshlik (aloqalarini uzish)dan qo`rqing. Albatta, Alloh ustingizda kuzatib turuvchi Zotdir. An-Nisa 4:1
Tafsir:
Ey odamlar, sizlarni bir jon - otangiz Odamdan yaratgan, Odamdan esa jufti - onangiz Havvoni yaratgan va ulardan yer yuziga turli xil erkagu ayollarni taratgan Parvardigoringizdan qoʻrqingiz. Bir-biringizdan biron narsani soʻraganingizda: "Alloh haqi falon ishni bajarib ber", deb nomini oʻrta soladiganingiz Allohdan qoʻrqingiz. Qarindoshlik rishtalarini uzishdan qoʻrqingiz. Alloh sizlarni ustingizdan kuzatib turadi. Biron ishingiz uning nazaridan chetda qolmaydi. Hammasini hisoblab, jazo yoki mukofotingizni beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ali 'Imran • Oyat 200 Keyingi An-Nisa • Oyat 2