Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 200 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 200 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اصْبِرُوا وَصَابِرُوا وَرَابِطُوا وَاتَّقُوا اللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ 200
Tarjima:
Ey, iymon keltirganlar! Sabr qiling. Sabr ila g`olib keling. Kurashga bel bog`lab turing. Allohga taqvo qiling. Shoyadki, yutuqqa erishsangiz. Oli Imron 3:200
Tafsir:
Ey Allohga iymon keltirgan va paygʻambariga ergashganlar, shariat yuklagan vazifalarga ham, dunyoviy musibatlarga ham sabr qilingiz. Sabr qilish borasida kofirlardan gʻolib boʻlingiz. Ularning sabri siznikidan ortiq boʻlmasin. Allohning yoʻlida jihod qilishga doim shay turingiz. Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qilingiz. Shoyadki, shunda orzu-umidingizga erishib, doʻzaxdan salomat boʻlib, jannatga kirsangizlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 199 Keyingi Niso • Oyat 1