Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 199 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 199 • Oʻzbekcha


وَإِنَّ مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ لَمَنْ يُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَمَا أُنْزِلَ إِلَيْكُمْ وَمَا أُنْزِلَ إِلَيْهِمْ خَاشِعِينَ لِلَّهِ لَا يَشْتَرُونَ بِآيَاتِ اللَّهِ ثَمَنًا قَلِيلًا ۗ أُولَٰئِكَ لَهُمْ أَجْرُهُمْ عِنْدَ رَبِّهِمْ ۗ إِنَّ اللَّهَ سَرِيعُ الْحِسَابِ 199
Tarjima:
Albatta, ahli kitoblardan Allohga, sizlarga tushirilgan narsaga, ularga tushirilgan narsaga iymon keltiradiganlari, Allohga o`zini xor tutib bo`yin egadiganlari, Allohning oyatlarini arzon bahoga sotmaydiganlari bordir. Ana o`shalarga Robbilari huzurida ajr bordir. Albatta, Alloh tezhisob Zotdir. Oli Imron 3:199
Tafsir:
Ahli kitoblarning hammasi ham barobar emas. Ular orasida Allohga, sizlarga nozil qilingan haq va hidoyatga, oʻzlariga nozil qilingan kitoblaridagi xabarlarga iymon keltiradiganlari, paygʻambarlarni bir-biridan ajratmaydiganlari, Allohga oʻzini xor tutib, ajru savob umidida egiladiganlari, Allohning oyatlarini dunyoning arzimas matolariga sotib yubormaydiganlari bordir. Shunday sifatlarga ega boʻlganlarga Parvardigorlari huzurida buyuk ajru savoblar bordir. Alloh amallarni tez hisob-kitob qiladigan va ularga tez jazo yoki mukofot beradigan Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 198 Keyingi Oli Imron • Oyat 200