Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 20)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 20

وَإِنْ أَرَدْتُمُ اسْتِبْدَالَ زَوْجٍ مَكَانَ زَوْجٍ وَآتَيْتُمْ إِحْدَاهُنَّ قِنْطَارًا فَلَا تَأْخُذُوا مِنْهُ شَيْئًا ۚ أَتَأْخُذُونَهُ بُهْتَانًا وَإِثْمًا مُبِينًا 20 ٢٠

Va agar xotin o`rniga boshqa xotin olmoqchi bo`lsangiz va ularning biriga haddan ziyod mahr bergan bo`lsangiz ham, undan hech narsani qaytarib olmang. Uni bo`hton va katta gunoh holida olaverasizmi? (20)

Tafsir
Ey erlar, bir xotin bilan ajrashib, boshqasiga uylanmoqchi boʻlsangizlar, buning yomon joyi yoʻq. Faqat ajrashmoqchi boʻlib turgan xotiningizga juda katta miqdorda mahr toʻlagan boʻlsangiz ham uni qaytarib olishingiz mumkin emas. Bergan narsangizni qaytarib olishingiz aniq boʻhton va ochiq gunoh hisoblanadi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin