Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 21)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 21

وَكَيْفَ تَأْخُذُونَهُ وَقَدْ أَفْضَىٰ بَعْضُكُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ وَأَخَذْنَ مِنْكُمْ مِيثَاقًا غَلِيظًا 21 ٢١

Va qanday ham olursiz?! Axir, bir-biringizga qovushdingiz va ular sizdan mustahkam ahdu paymon olganlar-ku?! (21)

Tafsir
Bergan mahrni qanday qilib qaytarib olasizlar? Axir oʻrtangizda yaqinlik, doʻstlik, qovushish, sirlardan ogoh boʻlish kabi munosabatlar boʻlib oʻtdi-ku! Shuncha ishlardan keyin ayolingizning qoʻlidagi oʻzingiz bergan mol-dunyodan umidvor boʻlishingiz oʻta xunuk, manfur ishdir. Axir ular sizdan qatiy ahdu paymon olgan-ku! Allohning nomi va shariati ila oʻzlarini sizlarga bagʻishlaganlar-ku!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin