Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 23)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 23

حُرِّمَتْ عَلَيْكُمْ أُمَّهَاتُكُمْ وَبَنَاتُكُمْ وَأَخَوَاتُكُمْ وَعَمَّاتُكُمْ وَخَالَاتُكُمْ وَبَنَاتُ الْأَخِ وَبَنَاتُ الْأُخْتِ وَأُمَّهَاتُكُمُ اللَّاتِي أَرْضَعْنَكُمْ وَأَخَوَاتُكُمْ مِنَ الرَّضَاعَةِ وَأُمَّهَاتُ نِسَائِكُمْ وَرَبَائِبُكُمُ اللَّاتِي فِي حُجُورِكُمْ مِنْ نِسَائِكُمُ اللَّاتِي دَخَلْتُمْ بِهِنَّ فَإِنْ لَمْ تَكُونُوا دَخَلْتُمْ بِهِنَّ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ وَحَلَائِلُ أَبْنَائِكُمُ الَّذِينَ مِنْ أَصْلَابِكُمْ وَأَنْ تَجْمَعُوا بَيْنَ الْأُخْتَيْنِ إِلَّا مَا قَدْ سَلَفَ ۗ إِنَّ اللَّهَ كَانَ غَفُورًا رَحِيمًا 23 ٢٣

Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, xotinlaringizning onalari, o`zingiz qovushgan xotinlaringizning qaramog`ingizdagi qizlari harom qilindi. Agar u(xotin)lar bilan qovushmagan bo`lsangiz, (qizlariga uylanishingizda) gunoh yo`q. Va pushtingizdan bo`lgan o`g`illaringizning xotinlari, opa-singilni qo`shib olmog`ingiz harom qilindi. Magar avval o`tgan bo`lsa, mayli. Albatta, Alloh mag`firat qiluvchi va rahimli Zotdir. (23)

Tafsir
Sizlarga onalaringiz, katta onalaringiz, qizlaringiz va qiz avlodingiz, tugʻishgan, otabir va onabir opa-singizlaringiz, ammalaringiz va katta ammalaringiz, xolalaringiz va katta xolalaringiz, qiz jiyanlaringiz, jiyanlaringizning qizlari va qiz avlodi, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, qaynonalaringiz - qoʻshilgan yo qoʻshilmagan ayollaringizning onalari, qoʻshilgan ayollaringizning qaramogʻingizdagi qizlari va qaramogʻingizda boʻlmagan qizlariga uylanish harom qilindi. Qoʻshilmagan ayolingizning qiziga uylanishingiz mumkin. Oʻz pushti kamaringizdan boʻlgan oʻgʻillaringizning ayollariga uylanish ham hatto qoʻshilmagan boʻlsalar ham harom. Tugʻishgan, otabir, onabir va emikdosh opa-singilni bir vaqtda nikohingizga olishingiz ham mumkin emas. Biri bilan ajrashib, boshqasiga uylanishingiz mumkin. Islomdan oldin shu ishni qilib qoʻygan boʻlsangiz, hechqisi yoʻq. Alloh tavba qiladigan bandalarini kechiradigan, ularga rahm qiladigan Zotdir. Bir ayolni ammasi yo xolasi bilan jamlash, yani, bir vaqtda nikohga olishning haromligi sunnatda oʻz isbotini topgan.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin