Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 24)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 24

وَالْمُحْصَنَاتُ مِنَ النِّسَاءِ إِلَّا مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ ۖ كِتَابَ اللَّهِ عَلَيْكُمْ ۚ وَأُحِلَّ لَكُمْ مَا وَرَاءَ ذَٰلِكُمْ أَنْ تَبْتَغُوا بِأَمْوَالِكُمْ مُحْصِنِينَ غَيْرَ مُسَافِحِينَ ۚ فَمَا اسْتَمْتَعْتُمْ بِهِ مِنْهُنَّ فَآتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ فَرِيضَةً ۚ وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا تَرَاضَيْتُمْ بِهِ مِنْ بَعْدِ الْفَرِيضَةِ ۚ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمًا 24 ٢٤

Qo`lingizga mulk bo`lib tushganlardan boshqa erli ayollar ham (harom qilindi). Bu sizlarga Allohning yozganidir. Ana o`shalardan boshqalarni poklik va zino aralashtirmagan holda mollaringiz ila talab qilmog`ingiz halol qilindi. Ulardan huzurlanishingiz sababidan mahrlarini bering. Bu farzdir. Farz mahrdan keyin o`zaro rozilik ila kelishganingiz gunoh emas. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir. (24)

Tafsir
Erli ayollarga uylanish ham sizlarga harom qilindi. Alloh yoʻlidagi jihodda asir tushgan choʻrilaringiz bundan mustasno. Bir hayz bilan bola yoʻqligi aniqlashgach, ularga yaqinlik qilishingiz mumkin. Bu Allohning zimmangizga yuklagan farzidir. Yuqorida aytib oʻtilganlardan boshqa ayollarga koʻngil qoʻysangiz, zinoni koʻzlamasdan, halol yoʻl bilan mahrlarini berib uylanishingiz joiz. Nikoh orqali ularga yaqinlik qilgan boʻlsangiz, Alloh farz qilgan mahrni beringiz. Farz qilingan mahr miqdori aniq belgilangandan keyin oʻzaro kelishib, uni ortigʻi bilan bersangiz ham yoki ayolingiz bir qismidan kechib yuborsa ham zarari yoʻq. Alloh Oʻzi yaratgan maxluqotlarining hamma ishlaridan xabardor boʻlgan, har bir tadbirini va shariatini hikmat bilan qiladigan Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin