Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ey, iymon keltirganlar! Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo`l bilan yemang. Magar o`zaro rozilik ila tijorat bo`lsa, mayli. O`zingizni o`zingiz o`ldirmang. Albatta, Alloh sizlarga rahimlidir. (29)
Tafsir
Ey Allohga iymon keltirgan va paygʻambariga ergashgan moʻminlar, bir-biringizning molini oʻgʻirlik, talonchilik, poraxoʻrlik kabi nohaq yoʻllar bilan olmangiz. Ikki tarafning oʻzaro roziligi asosida yuritilayotgan tijorat boʻlsa, hechqisi yoʻq, bemalol tasarruf qilishingiz mumkin. Oʻzingizni oʻzingiz ham, bir-biringizni ham oʻldirmangiz. Oʻz joningizni halokatga otmangiz. Alloh sizlarga Rahmlidir. Qoningiz, molingiz va obroʻyingizni bir-biringizga harom qilib qoʻygani U Zotning ana shu marhamatidandir. Yani, bir-biringiz tarafingizdan qoningiz toʻkilishi, molingiz tortib olinishi va obroʻsizlantirilishingiz haromdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: