Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 29 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 29 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَأْكُلُوا أَمْوَالَكُمْ بَيْنَكُمْ بِالْبَاطِلِ إِلَّا أَنْ تَكُونَ تِجَارَةً عَنْ تَرَاضٍ مِنْكُمْ ۚ وَلَا تَقْتُلُوا أَنْفُسَكُمْ ۚ إِنَّ اللَّهَ كَانَ بِكُمْ رَحِيمًا 29
Tarjima:
Ey, iymon keltirganlar! Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo`l bilan yemang. Magar o`zaro rozilik ila tijorat bo`lsa, mayli. O`zingizni o`zingiz o`ldirmang. Albatta, Alloh sizlarga rahimlidir. An-Nisa 4:29
Tafsir:
Ey Allohga iymon keltirgan va paygʻambariga ergashgan moʻminlar, bir-biringizning molini oʻgʻirlik, talonchilik, poraxoʻrlik kabi nohaq yoʻllar bilan olmangiz. Ikki tarafning oʻzaro roziligi asosida yuritilayotgan tijorat boʻlsa, hechqisi yoʻq, bemalol tasarruf qilishingiz mumkin. Oʻzingizni oʻzingiz ham, bir-biringizni ham oʻldirmangiz. Oʻz joningizni halokatga otmangiz. Alloh sizlarga Rahmlidir. Qoningiz, molingiz va obroʻyingizni bir-biringizga harom qilib qoʻygani U Zotning ana shu marhamatidandir. Yani, bir-biringiz tarafingizdan qoningiz toʻkilishi, molingiz tortib olinishi va obroʻsizlantirilishingiz haromdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 28 Keyingi An-Nisa • Oyat 30