Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Niso — Oyat 30 (Oʻzbekcha) — Video

Niso • Oyat 176 dan 30 • Oʻzbekcha


وَمَنْ يَفْعَلْ ذَٰلِكَ عُدْوَانًا وَظُلْمًا فَسَوْفَ نُصْلِيهِ نَارًا ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عَلَى اللَّهِ يَسِيرًا 30
Tarjima:
Kim o`shani tajovuzkorlik va zulm ila qilsa, albatta, uni do`zaxga kiriturmiz. Bu esa, Allohga osondir. Niso 4:30
Tafsir:
Kim mana shu man qilingan ishni qilib, birovning molini nohaq olsa yoki birovni bilmasdan yo unutib emas, qasddan tajovuzkorlik bilan oʻldirsa, uni albatta, Alloh Qiyomat kunida doʻzaxga soladi, yondiradi, azoblaydi. Bu Alloh uchun juda oson ish. Chunki U Zot har ishga Qodir. U Zotning Qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻq.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Niso • Oyat 29 Keyingi Niso • Oyat 31