Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 35)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 35

وَإِنْ خِفْتُمْ شِقَاقَ بَيْنِهِمَا فَابْعَثُوا حَكَمًا مِنْ أَهْلِهِ وَحَكَمًا مِنْ أَهْلِهَا إِنْ يُرِيدَا إِصْلَاحًا يُوَفِّقِ اللَّهُ بَيْنَهُمَا ۗ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلِيمًا خَبِيرًا 35 ٣٥

Agar ikkovlarining oralari buzilishidan qo`rqsangiz, erning ahlidan bir hakam va xotinning ahlidan bir hakam ajrating. Agar ular islohni iroda qilsalar, Alloh er-xotinning orasini muvofiqlashtirur. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor Zotdir. (35)

Tafsir
Ey er-xotinning valiylari, agar oʻrta buzilib, oraga adovat tushib qolish xavfi tugʻilsa, er tarafidan bir adolatli odamni, xotin tarafidan ham xuddi shunday bir odamni hakamlikka chaqiringlar. Toki, ular muhokama qilib, ajrashgan maqulmi yoki yarashgan maqulmi, aniqlasinlar. Yarashgan maqulroq, albatta. Har ikki hakam eng maqul uslubni, yani, yarashtirishni istasalar, Alloh oʻrtadagi kelishmovchilikni bartaraf etib, er-xotinni inoqlashtirib qoʻyadi. Bandalarning biron ishi Allohdan yashirin qolmaydi. Alloh dillarning tubidagi niyatlarni ham Bilguvchidir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin