Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 36)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 36

وَاعْبُدُوا اللَّهَ وَلَا تُشْرِكُوا بِهِ شَيْئًا ۖ وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا وَبِذِي الْقُرْبَىٰ وَالْيَتَامَىٰ وَالْمَسَاكِينِ وَالْجَارِ ذِي الْقُرْبَىٰ وَالْجَارِ الْجُنُبِ وَالصَّاحِبِ بِالْجَنْبِ وَابْنِ السَّبِيلِ وَمَا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ ۗ إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ مَنْ كَانَ مُخْتَالًا فَخُورًا 36 ٣٦

Va Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani shirk keltirmanglar. Ota-onaga, qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, yaqin qo`shnilarga, yon qo`shnilarga, yonboshdagi sohiblarga, ko`chada qolganlarga va qo`lingizda mulk bo`lganlarga yaxshilik qilinglar. Albatta, Alloh o`zini yuqori tutuvchilarni va odamlar ustidan faxr qiluvchilarni xush ko`rmas. (36)

Tafsir
Yolgʻiz Allohgagina bandalik qilingiz, boʻysuningiz. U Zotdan boshqa hech kimga, hech narsaga qullik qilmangiz. Ota-ona va qarindoshlarga, yetim va faqirlarga, qarindosh qoʻshni va yot qoʻshniga, yoningizdagi hamrohingiz va gʻarib musofirga, qoʻl ostingizdagi qul va choʻrilaringizga yaxshilik qilingiz. Ota-onaga yaxshilik qilish, ularga izzat-ikrom koʻrsatish bilan boʻladi. Alloh oʻziga bino qoʻygan, oʻzini odamlardan ustunligini koʻrsatish uchun maqtaydigan mutakabbirni yoqtirmaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin