Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 37)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 37

الَّذِينَ يَبْخَلُونَ وَيَأْمُرُونَ النَّاسَ بِالْبُخْلِ وَيَكْتُمُونَ مَا آتَاهُمُ اللَّهُ مِنْ فَضْلِهِ ۗ وَأَعْتَدْنَا لِلْكَافِرِينَ عَذَابًا مُهِينًا 37 ٣٧

Ular baxillik qiladigan, odamlarni baxillikka buyuradigan va Alloh ularga O`z fazlidan bergan narsalarni berkitadiganlardir. Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlaganmiz. (37)

Tafsir
Alloh kimlarni yoqtirmaydi? Oʻzlari ham Alloh bergan rizqdan infoq-ehson qilib, boʻynidagi burchini ado etmaydigan, oʻzgalarni ham shunday qilishga chorlaydigan, Alloh Oʻz fazlu marhamati ila ato etgan mol-davlat, ilm va boshqa nematlarni yashiradigan, odamlarga haqiqatni aytmasdan, botilni haq qilib koʻrsatadigan kimsalarni yoqtirmaydi. Bu xislatlar kufrga xos xislatlardir. Biz kofirlarga xor qiluvchi azobni tayyorlab qoʻyganmiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin