Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 38)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 38

وَالَّذِينَ يُنْفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ رِئَاءَ النَّاسِ وَلَا يُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَلَا بِالْيَوْمِ الْآخِرِ ۗ وَمَنْ يَكُنِ الشَّيْطَانُ لَهُ قَرِينًا فَسَاءَ قَرِينًا 38 ٣٨

Ular mollarini kishilar ko`rishi uchun sarflarlar. Hamda Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirmaslar. Kimning yaqini shayton bo`lsa, u qanday ham yomon yaqin! (38)

Tafsir
Mollarini odamlar koʻrsin deb, ulardan maqtov eshitish uchun sarflaydigan, aslida esa oʻzlari Allohga ham, oxiratga ham ishonmaydigan kimsalar uchun ham xor qiluvchi azobni tayyorlab qoʻyganmiz. Ular shaytonga ergashganlari tufayli yoʻldan ozganlar. Kim shaytonga doʻst boʻlsa, sharmandai-sharmisor boʻladi. Shayton eng yomon doʻstdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin