Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 39)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 39

وَمَاذَا عَلَيْهِمْ لَوْ آمَنُوا بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ وَأَنْفَقُوا مِمَّا رَزَقَهُمُ اللَّهُ ۚ وَكَانَ اللَّهُ بِهِمْ عَلِيمًا 39 ٣٩

Agar Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsalar, Alloh ularga rizq qilib bergan narsadan nafaqa qilsalar, ularga nima zarar bo`ladir? Alloh ularni yaxshi biluvchi Zotdir! (39)

Tafsir
Allohga va qiyomat kuniga chin dildan iymon keltirib, mollarini chin ixlos bilan Alloh yoʻlida infoq-ehson qilganlarida ularga qanday zarar kelardi? Hech qanday zarar kelmas edi. Aksincha, faqat va faqat foyda boʻlardi. Alloh ularni koʻrib-bilib turgan Zotdir. U Zotdan hech narsa yashirin emas va yaqinda ularga amallariga yarasha jazo yoki mukofotlarini beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin