Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 43)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 43

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَقْرَبُوا الصَّلَاةَ وَأَنْتُمْ سُكَارَىٰ حَتَّىٰ تَعْلَمُوا مَا تَقُولُونَ وَلَا جُنُبًا إِلَّا عَابِرِي سَبِيلٍ حَتَّىٰ تَغْتَسِلُوا ۚ وَإِنْ كُنْتُمْ مَرْضَىٰ أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ أَوْ جَاءَ أَحَدٌ مِنْكُمْ مِنَ الْغَائِطِ أَوْ لَامَسْتُمُ النِّسَاءَ فَلَمْ تَجِدُوا مَاءً فَتَيَمَّمُوا صَعِيدًا طَيِّبًا فَامْسَحُوا بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُمْ ۗ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَفُوًّا غَفُورًا 43 ٤٣

Ey, iymon keltirganlar! Mast holingizda — to aytayotgan gapingizni biladigan bo`lmaguningizcha — namozga yaqinlashmang va junub holingizda ham, to g`usl qilmaguningizcha. Magar yo`ldan o`tuvchi bo`lsa, mayli. Agar bemor yoki safarda bo`lsangiz yoki sizdan biringiz tahoratxonadan kelsa yoxud ayollarga yaqinlashgan bo`lsangiz-u, suv topa olmasangiz, pokiza tuproq-la tayammum qiling. Bas, yuzingizga va qo`llaringizga mas'h torting. Albatta, Alloh afv etuvchi va mag`firat qiluvchi Zotdir. (43)

Tafsir
Ey Allohga iymon keltirgan va paygʻambariga ergashganlar, to kayfingiz tarqab, aytayotgan gapingizni anglay oladigan boʻlguningizga qadar mast holingizda namoz oʻqimangiz. Bu aroq toʻla harom qilinishidan oldingi hukm edi. To gʻusl qilmaguningizcha junub holingizda ham namoz oʻqimangiz va masjidlarga kirmangiz. Yoʻl-yoʻlakay oʻtib ketayotgan boʻlsangiz, hechqisi yoʻq. Suv ishlata olmaydigan darajada kasal boʻlsangiz yoki musofir boʻlsangiz yo kimdir xojatxonadan chiqqan boʻlsa yoki ayollarga yaqinlik qilgan boʻlsangizlaru, tahorat yo gʻusl qilishga suv topolmayotgan boʻlsangizlar, pokiza tuproqqa tayammum qilib, undan yuzingiz va qoʻllaringizga surtingiz. Alloh aybu nuqsoningizni kechirguvchi va magʻfirat qilguvchi Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin