Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 49)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 49

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ يُزَكُّونَ أَنْفُسَهُمْ ۚ بَلِ اللَّهُ يُزَكِّي مَنْ يَشَاءُ وَلَا يُظْلَمُونَ فَتِيلًا 49 ٤٩

O`zlarini pok qilib ko`rsatayotganlarni ko`rmaysanmi?! Yo`q! Alloh kimni xohlasa, shuni poklaydir. Va qilcha zulm qilinmaslar. (49)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, oʻzlarini va qilgan ishlarini koʻkka koʻtarib maqtaydigan anavilarni koʻrmaysizmi? Yoʻq, aslo! Oʻzlarini oʻzlari maqtashlari oʻtmaydi. Chunki, kimni maqtash, kimni poklash yolgʻiz Allohga xosdir. Zero, yolgʻiz U Zotgina dillardagi yashirin sirlardan ham ogohdir. Qilgan amallarining savobi esa qilcha ham kamaytirilmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin