O`zlarini pok qilib ko`rsatayotganlarni ko`rmaysanmi?! Yo`q! Alloh kimni xohlasa, shuni poklaydir. Va qilcha zulm qilinmaslar. An-Nisa 4:49 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, oʻzlarini va qilgan ishlarini koʻkka koʻtarib maqtaydigan anavilarni koʻrmaysizmi? Yoʻq, aslo! Oʻzlarini oʻzlari maqtashlari oʻtmaydi. Chunki, kimni maqtash, kimni poklash yolgʻiz Allohga xosdir. Zero, yolgʻiz U Zotgina dillardagi yashirin sirlardan ham ogohdir. Qilgan amallarining savobi esa qilcha ham kamaytirilmas.