Albatta, Alloh O`ziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqa gunohni, kimni xohlasa, kechiradir. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, katta gunohni to`qibdir. Niso 4:48 ⧉
Tafsir:
Alloh Oʻziga shirk keltirilishini aslo kechirmaydi. Oʻzi istagan odamining shirk va kufrdan boshqa gunohlarini Oʻz fazli ila kechiradi. Istagan bandasini Oʻz adli ila jazolaydi, azoblaydi. Kim Allohga shirk keltirsa, oʻlganidan keyin kechirilmaydigan juda katta gunohni toʻqib chiqaribdi.