Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 51)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 51

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ أُوتُوا نَصِيبًا مِنَ الْكِتَابِ يُؤْمِنُونَ بِالْجِبْتِ وَالطَّاغُوتِ وَيَقُولُونَ لِلَّذِينَ كَفَرُوا هَٰؤُلَاءِ أَهْدَىٰ مِنَ الَّذِينَ آمَنُوا سَبِيلًا 51 ٥١

Kitobdan nasibador bo`lganlarning botilga va tog`utga iymon keltirishlarini va kufr keltirganlarni (ko`rsatib): «Anavilar, iymon keltirganlardan ko`ra hidoyatliroq yo`ldalar», deyishlarini ko`rmaysanmi?! (51)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, yahudiylarning ahvolini bilmaysizmi va undan hayron boʻlmaysizmi? Alloh ularga ilmdek buyuk nematdan nasiba berdi. Ular esa Allohni qoʻyib, oʻzlari toʻqib olgan mabudlariga sigʻinadilar. Bu ham yetmagandek, mushriklar haqida: "Ular Muhammadning sahobalaridan koʻra toʻgʻriroq yoʻldalar", deydilar. Bu gaplarini bir evaz ilinjida, mushriklar ham ularni qoʻllab-quvvatlashlaridan umidvor boʻlib aytadilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin