Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Alloh (hayotingizni) turg`izish (vositasi) qilgan mollaringizni esi pastlarga bermang. Ularni o`sha mollardan rizqlantiring, kiyintiring va ularga yaxshi so`zlar ayting. (5)
Tafsir
Ey valiylar - yetimlarni otaliqqa olganlar, mol-davlatni toʻgʻri tasarruf qila olmaydigan aqlsizlarga mollarni berib qoʻymangiz. Zero, Alloh bu mollarni bandalarning manfaatlariga va tirikchilik ishlariga xizmat qiladigan vosita qilgan. Aqlsizlar esa mollarni shu ishlarga sarflashni ham, asrab-avaylashni ham bilmaydilar. Yaxshisi, ular uchun oʻzlaringiz sarf-xarajatlarini qilib bering, yedirib-kiydiring va yaxshi gapiring. Balogʻatga yetib, mol-davlatni toʻgʻri ishlata oladigan boʻlganlaridan keyingina ularga mollarini qaytarib bering.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: