Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 64)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 64

وَمَا أَرْسَلْنَا مِنْ رَسُولٍ إِلَّا لِيُطَاعَ بِإِذْنِ اللَّهِ ۚ وَلَوْ أَنَّهُمْ إِذْ ظَلَمُوا أَنْفُسَهُمْ جَاءُوكَ فَاسْتَغْفَرُوا اللَّهَ وَاسْتَغْفَرَ لَهُمُ الرَّسُولُ لَوَجَدُوا اللَّهَ تَوَّابًا رَحِيمًا 64 ٦٤

Qaysi bir Payg`ambarni yuborgan bo`lsak, Allohning izni ila faqat itoat qilinishi uchun yuborganmiz. Agar ular o`zlariga o`zlari zulm qilgan chog`larida huzuringga kelib, Allohga istig`for aytganlarida va Payg`ambar ham ular uchun istig`for aytganida edi, albatta, Alloh tavbalarni qabul etuvchi va rahimli Zot ekanini topgan bo`lur edilar. (64)

Tafsir
Qaysi bir paygʻambarni yuborgan boʻlsak, unga qavmi itoat etishi uchun yuborganmiz. Zero, paygʻambar Allohning irodasi va taqdiri ila farmon beradi. Gunohlar qilib, oʻzlariga oʻzlari zulm qilgan paytlarida oldingizga kelib, aybiga iqror boʻlib, nadomat chekib, tavba qilib, istigʻfor aytganlarida va siz ham ular uchun magʻfirat soʻraganingizda, Allohning tavbalarni qabul etuvchi va rahmli Zot ekanini topgan boʻlardilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin