Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Yo`q, Robbingga qasamki, seni o`z oralarida chiqqan kelishmovchiliklarga hakam qilmagunlaricha, keyin, chiqargan hukmingga dillarida tanglik topmasdan, butunlay taslim bo`lmagunlaricha, zinhor mo`min bo`la olmaslar! (65)
Tafsir
Aslo! Ish oʻsha munofiqlar oʻylaganidek joʻn emas. Alloh taolo Oʻz Zotiga qasam ichib aytyaptiki, ular oralaridagi kelishmovchiliklarda Paygʻambar alayhissalomni, vafotlaridan soʻng esa qoldirgan shariatlarini oʻzlariga hakam qilib olmagunlaricha, keyin esa u zot chiqargan hukmdan dillari toʻla taskin topib, zarracha ogʻrinmasdan, shak-shubhaga bormasdan, toʻla mamnuniyat bilan qabul qilmagunlaricha va zohirda ham, botinda ham toʻla boʻysunib, taslim boʻlmagunlaricha moʻmin boʻlmaydilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: