Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 69)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 69

وَمَنْ يُطِعِ اللَّهَ وَالرَّسُولَ فَأُولَٰئِكَ مَعَ الَّذِينَ أَنْعَمَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ مِنَ النَّبِيِّينَ وَالصِّدِّيقِينَ وَالشُّهَدَاءِ وَالصَّالِحِينَ ۚ وَحَسُنَ أُولَٰئِكَ رَفِيقًا 69 ٦٩

Kim Allohga va Rasulga itoat qilsa, bas, ana o`shalar Alloh ne'mat bergan nabiylar, siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birgadirlar. Va ular qanday ham yaxshi rafiq (hamroh)lardir! (69)

Tafsir
Kim Allohga va Paygʻambarga itoat etsa, paygʻambarlar bilan, paygʻambarlar olib kelgan hukmlarni toʻla tasdiq etib, ularga toʻla amal qilgan siddiqlar bilan, Allohning yoʻlida jon bergan shahidlar bilan, zohiri ham, botini ham, amallari ham yaxshi boʻlgan solihlar bilan jannatga kiradi. Ular naqadar yaxshi hamrohlardir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin