Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 6)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 6

وَابْتَلُوا الْيَتَامَىٰ حَتَّىٰ إِذَا بَلَغُوا النِّكَاحَ فَإِنْ آنَسْتُمْ مِنْهُمْ رُشْدًا فَادْفَعُوا إِلَيْهِمْ أَمْوَالَهُمْ ۖ وَلَا تَأْكُلُوهَا إِسْرَافًا وَبِدَارًا أَنْ يَكْبَرُوا ۚ وَمَنْ كَانَ غَنِيًّا فَلْيَسْتَعْفِفْ ۖ وَمَنْ كَانَ فَقِيرًا فَلْيَأْكُلْ بِالْمَعْرُوفِ ۚ فَإِذَا دَفَعْتُمْ إِلَيْهِمْ أَمْوَالَهُمْ فَأَشْهِدُوا عَلَيْهِمْ ۚ وَكَفَىٰ بِاللَّهِ حَسِيبًا 6 ٦

Yetimlarni to nikoh(yoshi)ga yetgunlaricha sinab turinglar. Agar ularning es-hushi joyida ekanini bilsangiz, ularga o`z mollarini topshiring. U mollarni isrof ila va egalarining katta bo`lib qolishidan qo`rqib shoshilib yemang. Boy bo`lganlar iffatli bo`lsinlar. Kim kambag`al bo`lsa, to`g`rilik bilan yesin. Ularga o`z mollarini topshirayotganingizda guvohlar keltiring. Hisobchilikka Allohning O`zi kifoya qilur. (6)

Tafsir
Ey valiylar - otaliqqa olganlar, yetimlar balogʻat yoshiga yetganlarida ularga ozgina mol berib sinab koʻringlar. Toʻgʻri tasarruf qila olsalar, shu borada toʻgʻri yoʻlni topib olganlari sizlarga ayon boʻlsa, mollarini oʻzlariga qaytarib beringlar. Toʻla qaytaringlar, kamaytirmanglar. Alloh belgilab qoʻygan hadlardan oshib, ularning mollarini yemanglar. Balogʻatga yetib qolsa, qaytarib oladi, ungacha yeb olay, deb shoshilib ham yemanglar. Kim boy boʻlsa, oʻziniki oʻziga yetarli boʻlsa, yetimning moliga tegmasin. Kim kambagʻal boʻlsa, ehtiyojiga yarasha yesin. Balogʻat yoshiga yetib, oʻz yoʻlini topib olgani ayon boʻlib, mollarini qaytarib berayotganingizda guvohlar chaqiringlar. Toki, huquqlar saqlansin, ixtilof oldi olinsin. Bu ishga guvoh boʻlishga va bandalarining amallarini hisob-kitob qilishga Allohning Oʻzi yetarlidir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin