Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 74)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 74

فَلْيُقَاتِلْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ الَّذِينَ يَشْرُونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا بِالْآخِرَةِ ۚ وَمَنْ يُقَاتِلْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَيُقْتَلْ أَوْ يَغْلِبْ فَسَوْفَ نُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًا 74 ٧٤

Oxirat uchun bu dunyo hayotini sotadiganlar Allohning yo`lida jang qilsinlar. Kim Allohning yo`lida jang qilib o`ldirilsa yoki g`olib kelsa, Biz unga, albatta, ulug` ajrni berurmiz. (74)

Tafsir
Alloh yoʻlida, Alloh kalimasi oliy boʻlishi uchun dunyodan qochib, oxiratga intiladigan, dunyoni berib, oxiratni sotib oladigan sodiq moʻminlar jang qilsinlar. Alloh yoʻlida, Alloh kalimasi oliy boʻlishi uchun jang qilib, shahid boʻlgan yoki zafar quchgan zotlarga Alloh ulugʻ ajru savob ato etur. U jannat va Oʻzining roziligidir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin