Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 75)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 75

وَمَا لَكُمْ لَا تُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَالْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ الرِّجَالِ وَالنِّسَاءِ وَالْوِلْدَانِ الَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا أَخْرِجْنَا مِنْ هَٰذِهِ الْقَرْيَةِ الظَّالِمِ أَهْلُهَا وَاجْعَلْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ وَلِيًّا وَاجْعَلْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ نَصِيرًا 75 ٧٥

Nima uchun Allohning yo`lida va: «Ey Robbimiz, bizni ahli zolim shahardan chiqargin, bizga O`z tomoningdan do`st ato qilgin va O`z tomoningdan nusratchi ato qilgin» deyayotgan zaifhol erkagu ayol va bolalar yo`lida jang qilmaysizlar?! (75)

Tafsir
Ey moʻminlar, Alloh yoʻlida, Alloh soʻzini oliy qilish uchun hamda "Parvardigoro, bizni Makkadan chiqargin, ozod qilgin, chunki uning ahli shirku tajovuzkorlik bilan zulm qilyaptilar, bizga Oʻzing tarafingdan bizni boshqaradigan va himoya qiladigan bir rahbar bergin, bizdan zararni daf qiladigan bir madadkor ato etgin", deya iltijo qilayotgan erkaklar, ayollar va goʻdaklarni qutqarish yoʻlida jang qilishga nima monelik qilyapti?

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin