Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 78)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 78

أَيْنَمَا تَكُونُوا يُدْرِكْكُمُ الْمَوْتُ وَلَوْ كُنْتُمْ فِي بُرُوجٍ مُشَيَّدَةٍ ۗ وَإِنْ تُصِبْهُمْ حَسَنَةٌ يَقُولُوا هَٰذِهِ مِنْ عِنْدِ اللَّهِ ۖ وَإِنْ تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌ يَقُولُوا هَٰذِهِ مِنْ عِنْدِكَ ۚ قُلْ كُلٌّ مِنْ عِنْدِ اللَّهِ ۖ فَمَالِ هَٰؤُلَاءِ الْقَوْمِ لَا يَكَادُونَ يَفْقَهُونَ حَدِيثًا 78 ٧٨

Qayerda bo`lsangiz ham, hattoki mustahkam qal'alarda bo`lsangiz ham, o`lim sizni topadir. Agar ularga yaxshilik yetsa, bu Allohdan, derlar. Yomonlik yetganda esa, bu sendan, derlar. «Hammasi Allohdan», deb ayt! Anavi qavmlarga nima bo`ldiki, gapni tushunay demaslar?! (78)

Tafsir
Ajalingiz yetsa, qayerda boʻlsangiz, hatto jang maydonidan ancha uzoqdagi mustahkam qalalar ichida boʻlsangiz ham oʻlim topib boraveradi. Munofiqlar biron farzand yoki boshqa rizqqa noil boʻlsalar: "Bu Alloh huzuridan", deydilar. Bordiyu oʻsha farzandi yoki rizqiga biron shikast yetsa, uni Paygʻambar alayhissalomdan koʻrib,: "Sen tufayli shunday boʻldi", deydilar. Ey Paygʻambar alayhissalom, ularga shunday raddiya bildiring: "Shodlik ham, qaygʻu ham, hamma-hammasi Allohning qazoyi qadariga bogʻliqdir. Nega ular hech gapingizni uqmas ekanlar-a?!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin